2025.11.27 “Biznes ahamiyati”: UzAuto Motors Powertrain jarayonlari ichidan

UzAuto Motors Powertrain biznesning texnologik tomonini ochib beradigan va jarayonlarga yangi nigoh bilan qaraydigan uchrashuvlar loyihasini davom ettirmoqda. 27-noyabr kuni kompaniya xodimlari muhandislik olamiga muhandislik va ishlab chiqarish departamenti direktori Arsen Arutyunyan bilan birga chuqurroq nazar tashladilar. Arsen Arutyunyan zamonaviy texnologik muhandislik va avtomatlashtirish yondashuvlari bilan bo‘lishdilar, ichki yonish dvigatellarini UzAuto Motors Powertrainda rivojlanishi, muhandislik va ishlab chiqarish departamentining yangi loyihalardagi roli, shuningdek BDOHC (Cobalt avtomobillari uchun) va CSS PRIME (Tracker II va Onix avtomobillari uchun) dvigatellarining xususiyatlari haqida ma’lumot berdilar. Olingan bilimlar kompaniya xodimlariga asosiy texnologiyalarni yanada yaxshi tushunishga va bo‘linmalar o‘rtasida samarali hamkorlik qilishga yordam beradi.