18 noyabr kuni “UzAuto Motors Powertrain” AJda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni nishonlandi. Ushbu sanaga bag‘ishlab, korxonada Davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimi milliy madhiyamiz sadosi ostida tantanali ravishda o‘tkazildi. Korxona xodimlari davlat ramziga bo‘lgan hurmatini ifoda etish va ushbu muhim kunning ahamiyatini ta’kidlash uchun yigʻildilar. Ertalab zavod kirish qismida xodimlarga Davlat bayrog‘i ranglaridagi lentalar tarqatildi. Bayramona muhit ish kuniga alohida tantanavorlik bag‘ishlab, mustaqillik, erkinlik va tinchlik ramzining har bir yurtdoshimiz hayotidagi o‘rnini yana bir bor yodga soldi.