2025 yil 11 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabalari UzAuto Motors Powertrain zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini — quyuv sexi jarayonlaridan boshlab, komponentlarni qayta ishlash va dvigatelni yig‘ish bosqichigacha — bevosita ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Talabalar shuningdek yangi ishlab chiqarish liniyalari bilan tanishib, kelajakdagi professional rivojlanishlari uchun qimmatli tavsiyalar olishdi. Ushbu tashrif UzAuto Motors Powertrainning texnika yo‘nalishidagi universitetlar bilan hamkorligining bir qismi bo‘lib, avtomobil sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.