2025.11.12 Drive for Dreams dasturi doirasidagi navbatdagi ekskursiya

2025-yil 12-noyabr kuni zavodimiz Drive for Dreamsdasturi doirasida Sergili tumani 277-maktabning 11-sinf o‘quvchilarini qabul qildi. O‘quvchilar ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari bilan tanishib, zamonaviy dvigatellar qanday yaratilishini va har bir bosqichda qanday muhandislik texnologiyalari qo‘llanilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Bu tashrif ular uchun STEM yo‘nalishlari (Science, Technology, Engineering, Mathematics) bilan yaqinroq tanishish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish muhitini ichidan his qilish imkoniyatini berdi. Biz ishonamizki, bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, kelajak kasbini ongli ravishda tanlashiga yordam beradi va ularni texnologiyalar, fan va muhandislik sohalarida o‘z orzulariga intilishga ilhomlantiradi.