Ekologik mas’uliyat — «UzAuto Motors Powertrain» kompaniyasining vazifasining muhim qismi.
28-oktabr kuni kompaniyaning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha menejeri Ozoda Sharustamova kompaniyaning ekologiya yo‘nalishidagi korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari bilan o‘rtoqlashdi. Bunday sessiyalar xodimlarga kompaniyaning ekologiya borasidagi ustuvor maqsadlarini yanada yaxshi anglash hamda o‘zlarining kundalik faoliyati orqali atrof-muhitni asrashga qo‘shayotgan hissasini his etish imkonini beradi.