2025-yil 23–25-oktabr kunlari UzAuto Motors Powertrain zavodida GM Korea mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan Global Ishlab Chiqarish Tizimi (GMS) bo‘yicha tashqi kalibrovka muvaffaqiyatli yakunlandi.
Audit natijalariga ko‘ra, korxona GMS talablariga yuqori darajada mos kelishini namoyon etdi va rekord darajadagi baho — 95,8% natijani qo‘lga kiritdi.
GMS (Global Manufacturing System) — bu General Motors kompaniyasining barcha korxonalarida joriy etilgan ishlab chiqarish tizimi bo‘lib, u ishlab chiqarish jarayonlarining sifat, samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu yuksak natijalarga xodimlarning faol ishtiroki, doimiy takomillashtirish ishlari hamda GMS ning ilg‘or amaliyotlarini ishlab chiqish va joriy etish orqali ishlab chiqarish tizimining integratsiyalashgan sifatini oshirish natijasida erishildi.
Bundan tashqari, GM Korea vakillari zavodning barcha bo'linmalarida ishlab chiqarish ma'daniyatining yuqori darajada ekanligini hamda asosiy jarayonlarning barqarorligini alohida ta’kidladilar.