Boshlang‘ich darajadagilar uchun o‘zbek tili kursi.
UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida boshlang‘ich darajadagi xodimlar uchun o‘zbek tili kurslari boshlandi.
Loyiha xodimlarning davlat tilini egallash darajasini oshirish, korporativ madaniyatni mustahkamlash va ichki muloqotni samarali rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbek tilini bilish — bir-birimizni yaxshiroq tushunish, an’analarni hurmat qilish hamda mamlakatimizning yagona madaniy makonini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish demakdir.