10-oktabr kuni Women’s Board loyihasi doirasida ayollar salomatligi va farovonligiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmon sifatida ishtirok etgan Sitora Anvarovna, ishonchli tibbiyot klinikasi- EBM Clinic vakili, o‘zining qimmatli bilimlari va amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. U tanani tinglash, o‘z holatiga e’tiborli bo‘lish hamda jismoniy va hissiy muvozanatni saqlashning muhim jihatlari haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar profilaktika, gormonlarning holat va kayfiyatga ta’siri, shuningdek, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish — bu o‘zini o‘ylash emas, balki sog‘lom va uyg‘un hayotning ajralmas qismi ekanligi haqida muhim masalalarni muhokama qildilar.
Women’s Board loyihasi ishonch, ilhom va qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishda davom etmoqda. Bu yerda har bir ishtirokchi o‘zini ochiq ifoda etib, muhim mavzularda so‘z yuritishi va shaxsiy rivojlanish hamda ichki muvozanat uchun yangi imkoniyatlarni topishi mumkin.