2025-yil 30-sentabr kuni“UzAuto Motors Powertrain” zavodiga Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida talabalar korxonada qo‘llanilayotgan zamonaviy uskuna va texnologiyalar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Ular korxona faoliyatini yaqindan o’rganib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.Talabalar innovatsion rivojlanish va ishlab chiqarishda ilg‘or muhandislik yechimlarini joriy etish masalalariga alohida qiziqish bildirishdi. Bunday
tadbirlar sanoat korxonalari bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy bilim olish, dunyoqarashni kengaytirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatning real sharoitlari bilan tanishish uchun muhim imkoniyatdir.