Boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish: UzAuto Motors Powertrainda suhbat o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha trening
UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi xodimlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda kadrlar zaxirasini shakllantiradi.
Kompaniyada ustalar va katta ustalar uchun suhbat o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha trening o‘tkazildi. Ushbu treningdan maqsad — xodimlarni tanlash sifatini oshirish va rahbarlarda nomzodlarni baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bo’ldi.
Xodimlarni saralash bo‘limi mutaxassislari ishtirokchilarga tanlov bosqichlari, suhbat o‘tkazish usullari va nomzodlarni baholash mezonlari haqida ma’lumot berishdi. Ishtirokchilar nazariy bilimlarga ega bo’lish bilan birgalikda, amaliy mashqlar orqali suhbat o‘tkazish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Bunday tadbirlar kompaniyaning kadrlar salohiyatini mustahkamlashga va ishga qabul qilish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.