2026.09.29 UzAuto Motors Powertrain va Chilonzor tumanidagi 3-son texnikum o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 2026-yil 29-sentabr kuni UzAuto Motors Powertrain zavodi hududida Chilonzor tumanidagi 3-son texnikum rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida korxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Tashrifning asosiy maqsadi korxona va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlash va rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. UzAuto Motors Powertrain yoshlarni rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish hamda kadrlar salohiyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratishda davom etmoqda. Ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish malakali mutaxassislarni tayyorlash va yoshlarning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.