2026-yil 17-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori Saidazim Mirkamolovich Gulyamov bilan universitet talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida UzAuto Motors Powertrain faoliyati, zamonaviy avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar BDOHC va yangi avlod CSS Prime dvigatellari, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, korxonada joriy etilgan zamonaviy ishlab chiqarish tizimlari, sifat nazorati, innovatsion texnologiyalar hamda ekologik barqarorlik yo‘nalishidagi loyihalar bilan tanishdilar.
Uchrashuvning interaktiv qismida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.