2026.09.06 UzAuto Motors Powertrain xodimlari Toshkent xalqaro yarim marafonida ishtirok etdi

2026-yil 6-sentabr kuni yugurish ishqibozlari va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlovchi minglab insonlarni birlashtirgan II Toshkent xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yirik sport tadbirida UzAuto Motors Powertrain xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Hamkasblarimiz tanlagan masofalarni bosib o‘tib, butun yugurish davomida bir-birlarini qo‘llab-quvvatladilar.

Bunday tashabbuslarda ishtirok etish UzAuto Motors Powertrain xodimlarning nafaqat professional, balki shaxsiy jihatdan ham rivojlanishi, o‘z salomatligi, jismoniy faolligi va jamoaviy hamkorligiga e’tibor qaratishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratishga intilayotganini aks ettiradi.