2026-yilda UzAuto Motors Powertrain korxonasida Young Professional Internships Program (YPIP) dasturi ishtirokchilari hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining nemis professor va o‘qituvchilaridan iborat delegatsiyasi uchun tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Tashrif davomida ishtirokchilar korxona faoliyati, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari va zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish xususiyatlari bilan tanishdilar. Ekskursiya professional muloqot va tajriba almashish uchun muhim maydonga aylandi. Shuningdek, tadbir UzAuto Motors Powertrainning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kadrlar salohiyatini rivojlantirishga intilishini namoyon etdi.