UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida korxonaning turli bo‘linmalari menejerlarini birlashtirgan «DISC va jamoani shakllantirishda avlodlar nazariyasi» mavzusidagi trening bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida ishtirokchilar DISC xulq-atvor modeli hamda avlodlar o‘rtasidagi farqlar muloqot, boshqaruv uslubi va jamoaviy hamkorlik samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandilar. Shuningdek, o‘zaro tushunish, konstruktiv muloqot va jamoalarda samarali hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Amaliy keyslar ustida ishlash jarayonida ishtirokchilar ish faoliyatida uchraydigan real vaziyatlarni tahlil qildilar, hamkasblarining individual xususiyatlarini yanada chuqurroq anglashni, samarali muloqot yo‘lga qo‘yishni hamda umumiy maqsadlarga erishish uchun zamonaviy boshqaruv vositalaridan foydalanishni o‘rgandilar.
UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida biz kuchli jamoalar o‘zaro tushunishdan boshlanishiga ishonamiz. Xodimlarning boshqaruv kompetensiyalarini izchil rivojlantirish orqali kompaniya hamkorlikka asoslangan korporativ madaniyatni yanada mustahkamlamoqda. Bu esa har bir xodimning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jamoaviy ish samaradorligini oshirish hamda yuksak natijalarga erishishga xizmat qiladi.