UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida sanoat chiqindilarini boshqarish tizimi joriy etilgan bo‘lib, u chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, ularni qayta foydalanish va qayta ishlash tamoyillariga asoslanadi.
Korxonada chiqindilarni alohida yig‘ish va saralash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Hosil bo‘ladigan barcha chiqindilar belgilangan tasniflash talablari hamda ularni keyinchalik qayta ishlash tartibiga muvofiq maxsus konteynerlarda yig‘iladi.
Chiqindilar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida ular ishlab chiqarish liniyalaridan yig‘ib olinadi va presslash jarayonidan o‘tkaziladi. Bu ularning hajmini sezilarli darajada kamaytirish, saqlash va tashishni optimallashtirish, shuningdek, keyingi qayta ishlash va utilizatsiya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Chiqindilarni boshqarishga tizimli yondashuv UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining ekologik siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Ushbu yondashuv resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda kompaniyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi.