Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan UMPTda «UMPT bioxilma-xilligi – foto va video» hamda «Tabiat sizga hadya etgan hikoyangiz bilan o‘rtoqlashing» ekologik tanlovlari tashkil etildi. Xodimlar zavod bioxilma-xilligini aks ettiruvchi fotosurat va videolarni — hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o‘simliklar hamda tabiatning go‘zal maskanlarini taqdim etdilar. Shuningdek, ular tabiat ularga hadya etgan qiziqarli hikoyalar bilan ham o‘rtoqlashdilar.
12-iyun kuni UMPT rahbariyati tomonidan eng yaxshi ishlar saralab olinib, g‘oliblar sovg‘alar bilan taqdirlandi.
«UMPT bioxilma-xilligi. Eng yaxshi videolar» tanlovi
🥇1-o‘rin — Lyubov Pivovarova, Sifat departamenti
🥈2-o‘rin — Dilshod Sadullayev, FO departamenti
🥉3-o‘rin — Jasur Rahimov, FO departamenti
«UMPT bioxilma-xilligi. Eng yaxshi fotosuratlar» tanlovi
🥇1-o‘rin — Gulsina Kurbanbayeva, ME departamenti
🥈2-o‘rin — Ravshan Rahmanov, ME departamenti
🥉3-o‘rin — Ruzimuhammad Qosimov, Logistika departamenti
«Tabiat sizga hadya etgan hikoyangiz bilan o‘rtoqlashing» tanlovi
🥇1-o‘rin — Zafar Fatxullayev, Sifat departamenti
🥈2-o‘rin — Anna Mulonen, Sifat departamenti
🥉3-o‘rin — Marina Uzakova, Kommunikatsiyalar bo‘limi
G‘oliblar va aksiya ishtirokchilarini tabriklar ekan, ekologlar jamoasi hamda UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Bosh direktori Saidazim Gulyamov xodimlarga tashabbuskorligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga mas’uliyat bilan yondashgani va kompaniyaning ekologik loyihalarida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdilar.