2026-yil 12-iyun kuni UMPTda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish tashabbuslarini amalga oshirish, barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surish hamda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan xodimlarni e’tirof etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Tadbir doirasida yil davomida amalga oshirilgan ekologik tanlovlar va tashabbuslar yakunlari sarhisob qilinib, g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar taqdirlandilar.
∙ Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng yaxshi CI-loyiha deb Biogumus loyihasi e’tirof etildi. Shoyiddin Komilov, FO departamenti va Shokhrukh Nishonboev, Ekologiya bo‘limi xodimlar tomonidan o‘simlik chiqindilaridan organik o‘g‘it olish loyihasi muvaffaqiyatli joriy etildi.
∙ Ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi Near Miss uchun Ishlab chiqarish departamentining Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Evgeniy Nekrasov atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammoni samarali hal etgani uchun taqdirlandi.
∙ FO departamenti xodimi Shoakrom Akbarov ISO 14001 standarti bo‘yicha eng faol ichki auditor deb topildi. Shuningdek, yil davomida ekologik menejment tizimining ichki auditlarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan UMPT kompaniyasining barcha ISO 14001 ekologik menejment tizimi ichki auditorlari alohida e’tirof etildi.
G‘oliblar va aksiya ishtirokchilarini tabriklar ekan, ekologlar jamoasi hamda UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Bosh direktori Saidazim Gulyamov xodimlarga tashabbuskorligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga mas’uliyat bilan yondashgani va kompaniyaning ekologik loyihalarida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdilar.