2026.06.10 UzAuto Motors Powertrain"da avtomobilsiz kun: xodimlarning ekologik vaziyatni yaxshilashga qo‘shgan hissasi

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida 2026-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashabbus doirasida «Avtomobilsiz kun» ekologik aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur tashabbusga muvofiq, «Avtomobilsiz kun» aksiyalari har oyning 10 va 25-sanalarida tashkil etilib, transport vositalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.

 

UzAuto Motors Powertrain xodimlari ushbu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini kamaytirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Shu kuni ko‘plab xodimlar korporativ avtobuslar va shahar jamoat transportidan foydalandilar, shuningdek, shaxsiy avtomobil o‘rniga piyoda yurishni afzal ko‘rdilar.

 

Aksiya doirasida kompaniyada uchta maxsus nominatsiya ta’sis etildi: «Eng namunali rahbar», «Eng namunali bo‘lim» va «Eng namunali xodim».

 

«Eng namunali xodim» nominatsiyasi g‘olibi FO departamenti xodimi Murodjon Ahmadjonov bo‘ldi. U hamkasblari bilan aksiya doirasidagi ishtiroki tajribasi bilan o‘rtoqlashib, muqobil transport vositalaridan foydalanishning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

 

«Eng namunali rahbar» unvoni Sifat nazorati departamenti direktori Fizuli Kashimovga berildi. U yil davomida boshqa rahbarlarga nisbatan korporativ avtobusdan eng ko‘p foydalangan holda, ekologiya va barqaror rivojlanish masalalariga mas’uliyatli munosabatning shaxsiy namunasini ko‘rsatdi.

 

«Eng namunali bo‘lim» nominatsiyasi g‘olibi Ishlab chiqarish departamentining Mexanik ishlov berish tsexi bo‘ldi. Ushbu tsex xodimlari kompaniyaning boshqa bo‘linmalariga nisbatan aksiyada ishtirok etish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni namoyish etdilar.