2026.06.03 Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri va bolalar rasmlari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi

3-iyun kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri hamda korxona xodimlari farzandlari o‘rtasida o‘tkazilgan bolalar rasmlari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir yosh mehmonlar uchun haqiqiy bayramga aylanib, ularga unutilmas taassurotlar va o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini taqdim etdi.

 

Dastur doirasida bolalarni professional animatorlar va ilmiy shou kutib oldi. Tadbir davomida bolalar qiziqarli tajribalar bilan tanishib, ilm-fan naqadar maroqli va hayratlanarli bo‘lishi mumkinligini amalda ko‘rdilar. Ishtirokchilarda kartondan robotlar yasash bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsi alohida qiziqish uyg‘otdi.

 

Tadbirning eng muhim qismi bolalar rasmlari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z iste’dodi va atrofdagi olamga bo‘lgan ijodiy qarashlarini namoyish etib, sovg‘alar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.