UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Toshkent shahridagi bir qator universitetlarda tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida ishtirok etdi. Jumladan, Menejmentni rivojlantirish Singapur instituti, Inha universiteti hamda Amity universitetida o‘tkazilgan yarmarkalarda kompaniya vakillari talabalar bilan bevosita muloqot olib borib, ularga kompaniya faoliyati, amaliyot o‘tash tartibi hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Yarmarka davomida ko‘plab talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlariga mos ravishda kompaniyamizda amaliyot o‘tash va olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga katta qiziqish bildirishdi. Bunday mehnat yarmarkalari talabalarga amaliy tajriba orttirish va o‘z karyerasini boshlashda muhim imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, ish beruvchilarga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni istiqbolli kadrlar sifatida ishga jalb etish imkonini beradi.