UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Toshkentdagi bir qator universitetlarda tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida ishtirok etdi.
Jumladan, Turin politexnika universiteti va Alfraganus universitetida o’tkazilgan yarmarkalarda Kompaniya vakillari talabalar bilan jonli muloqot qilishdi, ularga Kompaniya, unda amaliyot o‘tash tartibi va mavjud bo’sh ish o’rinlari to‘g’risida ma’lumot berishdi.
Mehnat yarmarkasi davomida ko‘plab talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlariga mos ravishda Kompaniyamizda amaliyot o‘tab, olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga katta qiziqish bildirishdi.