2026.03.31 UzAuto Motors Powertrainda xodimlarni moslashtirish jarayonini takomillashtirish va elektron formatga o‘tish
2026-yil 30-mart kuni UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida yangi xodimlarni samarali moslashtirish, 1C tizimidagi jarayonlarni optimallashtirish hamda ushbu jarayonlarni elektron formatda o‘tkazish bo‘yicha instruktajga bag‘ishlangan o‘quv treningi tashkil etildi.
 
Trening davomida ishtirokchilarga yangi xodimlarni moslashtirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi: u nimalarni o‘z ichiga olishi, nega xodimning kompaniyaga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek ushbu jarayonni amalda qanday to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish kerakligi tushuntirildi.
 
Shuningdek, moslashtirish jarayonini optimallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, qog‘oz shakldan 1C tizimi orqali elektron formatga o‘tish masalalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilarga kiritilgan o‘zgarishlar, tizimdagi moslashtirish moduli bilan ishlash tartibi, shuningdek jarayon ishtirokchilari o‘rtasida rol va mas’uliyatlarning taqsimlanishi haqida ham tushuntirishlar berildi.