2026.03.27 “UzAuto Motors Powertrain” AJ zavodida CI & Kaizen oyligi doirasida sessiya

“UzAuto Motors Powertrain” AJ zavodida CI & Kaizen oyligi doirasida talabalar uchun ta’limiy sessiya o‘tkazildi 2026-yil 26-mart kuni UzAuto Motors Powertrain zavodida CI & Kaizen oyligi doirasida oliy o‘quv yurtlari va texnikum talabalari uchun ta’limiy sessiya tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahridagi turli universitet va texnikumlardan talabalar ishtirok etdi. Tadbir doimiy takomillashtirish (CI) va Kaizen mavzusiga bag‘ishlandi. Sessiya spikerlari talabalarga UzAuto Motors Powertrain’da doimiy takomillashtirish jarayonlari qanday joriy etilayotgani hamda xodimlarning CI va Kaizen g‘oyalari amaliyotda qanday amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berdilar. Talabalarga kelajakda malakali mutaxassis bo‘lish va innovatsiyalar yaratish uchun amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida Quiz o‘yini tashkil etildi hamda g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.