2025.11.28 UzAuto Motors Powertrain Westminster International University in Tashkent (WIUT) tomonidan o‘tkazilgan bitiruvchilarni zamonaviy mehnat bozori talablariga tayyorlash bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etdi

UzAuto Motors Powertrain WUIT Uzbekistan professor-o‘qituvchilari, shuningdek turli davlatlardan tashrif buyurgan professorlar va PhD-tadqiqotchilar ishtirokida o‘tkazilgan “Kelajak ko‘nikmalari: bitiruvchilarni o‘zgarib borayotgan mehnat bozoriga tayyorlash” mavzusidagi davra suhbatida faol ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalaridan vakillar ham qatnashdi. UzAuto Motors Powertrain vakillari kompaniya taqdimoti bilan chiqish qilib, zamonaviy ishlab chiqarishda talab qilinadigan asosiy kompetensiyalar haqida ma’lumot berdi. Jumladan: muhandislik tafakkuri, texnologik savodxonlik, intizom, xavfsizlik madaniyati, moslashuvchanlik va jamoada samarali ishlash ko‘nikmalari. Kompaniya universitetlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, amaliyot va stajirovkalarni rivojlantirish, shuningdek talaba va yosh mutaxassislar uchun amaliy ta’lim muhitini yaratishni davom ettiradi.