Toshkent aviasozlik kasb-hunar kollejida mexanika-yig'ish mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotganimda "General Motors Powertrain - Uzbekistan" kompaniyasida amaliyot o'tadim va bu korxonada ko`rgan dastgoxlarim va boshqaruv tizimiga bo`lgan qiziqishim ortdi. 2011da men kompaniyaga dasturiy ta'minot bilan ishlaydigan dastgohlar operatori lavozimiga ishga qabul qilindim.

Bir yildan ortiq vaqt mobaynida ushbu lavozimda ishlash asnosida Global ishlab chiqarish tizimi va dastgoxlarni yaqindan o`rgandim va buning natijasida ichki tanlovdan o`tib Usta lavozimiga tayinlandim. Bu lavozimda  jamoani boshqarish bo`yicha bilim va ko`nikmalarimni oshirdi va o`z bilimlarimni rivojlantirdim. 2014-yilda, men katta ustasi lavozimiga tayinlandim va global ishlab chiqarish tizimi sohasida o'z bilimlarimni chuqurlashtirib, jamoamni muvaffaqiyatli boshqardim, va ishlab chiqarish jarayonlarini Kaizen (yaroqsiz detallarni sonini kamaytirish, vaqt optimallashtirish, va hokazo) orqali yaxshilash borishga erishdim.

2018 yili men ishlab chiqarish va muxandislik bo`limiga ishlab chiqarish bo`yicha muxandis lavozimiga tayinlandim. Bu yo`nalishda muxandislik dasturlari bo`lgan: AutoCad, ma`lumotlarni tahlil qilish va boshqalarni chuqur o`rgandim. Bular menga ishlab chiqarish jarayonlarini rivonjlantrishga yordam berdi. 2019- yilda men ishlab chiqarish bo`yicha Yetakchi muxandis va Global ishlab chiqarish standartlari tizimi rahbari etib tayinlandim. Xozirgi kunda men texnik xizmat ko`rsatish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlamoqdaman.

Qanday xavotirlar bo`lgan?
Yangi lavozimga tayinlanganimda eng ko`p xavotir olganim, bu hamkasblarimni ishonchini oqlay olmaslik bo`lgan. Shu sababli men, mendan talab qilinganidanda ko`ra ko`proq natija ko`rsatish uchun o`z ustimda ko`p ishladim, undan tashqari yonimdagi insonlarning to`g`ri maslaxatlari, yo`l ko`rsatishlari menga kasbiy va shaxsiz rivojlanishim uchun yordam berdi.

Kompaniya boshqalardan nimasi bilan farq qiladi?
Eng katta farq bu General Motors kompaniyasining korporativ madaniyatini bizning kompaniyada tadbiq etilgani, bu menejment va ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini joriy etishga yordam berdi. Shuning bilan birga Kompaniyada katta etibor xodimlarni rivojlantrishga qaratilgan, misol qilib aytadigan bo`lsak men 2015 yil Fransiyada o`tkazilgan dastgohlarni tamirlash, 2017 Moskvada tashkillashtrilgan   CNC dastgohlarini dasturlash treninglarida qatnashdim. Kompanida xodimlarni samarali ish olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan va bu xodimlarni samarali ishlashga undaydi.          

Yangi ish boshlagan mutaxassislarga maslaxatlaringiz:
Yangi ish boshlagan mutaxassislarga, yangi,zamonaviy bilimlarni egallab  va ularni amaliyotda qo`llashni, shuningdek savol berishdan qo`rqmasliklarini, oldilariga katta maqsadlar qo`yib ularga erishish uchun xarakat qilishlarini maslaxat beraman.

Omad kaliti nimada?
Meni fikrimcha omad kaliti xar doim inson o`z ustida ishlashi, omadli, do`stona va o`ziga talabchan jamoada bo`lishida deb bilaman