2022-yil 5-iyun kuni Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni doirasida Ekologiya Departamenti tomonidan Sport va yoshlar qo‘mitasi ko‘magida “Sukok” qo‘riqxonasi hududiga chiqindi qutilarini o‘rnatish bo‘yicha tadbir tashkil etildi. 

chiqindi qutilarini o‘rnatish bo‘yicha tadbir tashkil etildi. Tadbir sport xarakteriga ham ega bo‘lib, unda kompaniyaning 70 nafarga yaqin xodimlari ishtirok etishdi. Ular 15 ta аxlat qutisi o‘rnatib, 8 kilometr piyoda yurishdi. Ekologimiz sayohat davomida Butunjahon atrof-muhit kuni mavzusi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi va tabiatni asrashda har bir inson qanday yordam berishi mumkinligini aytib berdi. Barcha ko'ngillilar va tadbir ishtirokchilariga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!