Talablar:
- Sanoat uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash yoki shunga o'xshash faoliyat sohasida kamida 2 yil ish tajribasi;
- O'rta-maxsus texnik ma’lumot;
- RDB dan foydalanish texnologiyasini, elektr jihozlarining tuzilishini, elektr sxemalarining ishlash prinsipini, nazorat asboblarining texnik xususiyatlari va konstruktiv xususiyatlarini bilish.
Majburiyatlari:
- Ishlab chiqarish uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashni amalga oshirish;
- Elektr uskunalarni PPR rejasiga muvofiq sinovdan o‘tkazish, nosozliklarni qidirish, turli xil elektr uskunalarni ularning xususiyatlariga muvofiq demontaj qilish, o‘rnatish, almashtirish, ta’mirlash;
- Uskunalarning elektr sxemalari, ulanishlari va nazorat tizimlarini o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish, ulash, sozlash, soz holatda saqlash;
- Barcha turdagi elektr uskunalarning muammosiz va ishonchli ishlashini ta'minlash.