Joriy yilning 5-fevral kuni Uzauto Motors Powertrain kompaniyasida xodimlar uchun yig’ilish bo'lib o'tdi, mazkur yig’ilishda kompaniyaning 2020 yil 4-choragidagi faoliyati natijalari muhokama qilindi.
Yig’ilishda Kompaniyaning barcha xodimlari va rahbariyat vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida zavodning moliyaviy ko'rsatkichlari taqdim etildi, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida savol-javoblar sessiyasi tashkil etildi va ushbu sessiya davomida xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.