"Uzauto Motors Powertrain" AJ 100% "Uzavtosanoat" ga tegishli bo’lib, 2008 yil 28 oktyabrda "Uzavtosanoat" va "General Motors" dvigatellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha qo’shma korxona sifatida tashkil etilgan. 2019 yil 25 oktabrdan boshlab "Uzvtosanoat" va GM, Uzbekiston avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini aks ettirish uchun qo’shma korxonadan yangi hamkorlikka, alyans tuzilmasiga o’tishga kelishishdi. Kompaniya Toshkent viloyatida joylashgan bo’lib, hozirgi kunda kompaniyada 900 ga yaqin xodimlar ish faoliyatini olib boradi. Kompaniyada 1,2 litr va 1,5 litr hajmdagi BDOHC dvigatellar ishlab chiqariladi. Korxonada ishlab chiqarilgan dvigatellar Andijon viloyatining Asaka shahridagi "Uzavto Motors" AJ-da ishlab chiqariluvchi avtomobillarga yetkazib beriladi.

Jamiyat faoliyatining maqsadi kuch agregatlarini ishlab chiqarish, yig’ish va sotishni amalga oshirish orqali foyda olishdir.

Jamiyat faoliyatining mazmuni quyidagilar hisoblanadi:

  • kuch agregatlarini ishlab chiqarish. yig’ish, sotish;
  • kuch agregatlari detallarini va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, sotish;
  • eksport va import operatsiyalarini, shuningdek vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish;
  • marketing;
  • injiniring xizmatlarini ko’rsatish;
  • uchinchi shaxslarga, shu jumladan davlat organlariga qarz berish va ulardan qarz olish.

 

UMPT AJ Bosh Direktori - 2019 yil  oktyabr oyidan Turaev Farxod Razakovich.

Kasaba uyushmasi qo’mitasi - 25.04.2014 yili tashkil topgan.
Kasaba uyushmasi raisi - Yanchinov Temur Ilyasovich.
Kasaba uyushmasi raisi o’rinbosari - Xalikov Otabek Qobulovich.